1. Sobiq sovetlar yetakchilaridan biri Nikita Xrushchev Amerikaning «Pepsi» kompaniyasi mahsulotlarini reklama qiluvchi asosiy mijoz hisoblangan.
2. Arab raqamlarini arablar emas, hindistonlik matematiklar yaratishgan.
3. Mushuklar uyga qush yoki sichqon olib kelsa hayron bo’lmang. U egalarini ovga o’rgatish va tirikchilikda yaqindan ko’mak berish maqsadidagina shu ishga qo’l uradi.
4. Janubiy Amerikaning qadimiy hindu qabilalari vakillari odamlar avval yer ostida yashagan, keyinchalik ularni itlar kovlab olgach, yer ustida yashay boshlashgan deb hisoblardi.
5. Qadimiy Misrda odamni quturgan it tishlab olsa, o’sha itning jigarini qovurib yeyish tavsiya etilgan. Shunda xastalik rivojlanishdan to’xtaydi deb o’ylashgan.
6. Gollandiyadagi barcha bolalar o’zining to’rtinchi tug’ilgan kunida maktabga chiqadi. Shuning uchun bo’lsa kerak maktablarda hamisha yangi kelgan o’quvchilar mavjud bo’ladi.
7. Bangladeshda 100 dan ortiq maktab qayiq ichida bunyod etilgan. Bu maktablarning har birida internet, kutubxona bor, maktablar quyosh batareyasi asosida ishlaydi. Yomg’irlar mavsumida bu maktablar yopib qo’yiladi.
8. Choy har qanday yoqimsiz hid, hatto baliq hidini ham ichga yutish xususiyatiga ega. Shu sababli olimlar kimning qo’lida shunday hid bo’lsa, qo’lni albatta choy bilan yuvishni maslahat berishadi.
9. O’lik dengiz suvi tarkibida tuz shu qadar ko’pchilikni tashkil etadiki, odam dengizda chalqancha yotib, hech qanday harakat sodir etmasa ham cho’kmaydi.
10. Gavay orollaridagi Vay-Ale-Ale tog’ida yiliga 350 kun yomg’ir yog’adi.
obshe. net
Olimjon HAYIT tayyorladi
Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi «Telegramm» dagi alohida kanalda! Bizga qo’shiling, afsuslanmaysiz!
t. me/olimjonhayit