— Tasavvur qilgin, ofisda ishlash shunaqangi qiyin-ki!
— Nima uchun?
— Birinchidan, shovqin-suron kuchli, o’zingni bir joyga yig’ib ololmaysan. Ikkinchidan, doim turtkilab, xurrak otmaslikni so’rashadi…
***
Ishga qabul qilish uchun suhbat o’tkazilyapti:
— Yaxshi, endi chet tilidan bilimingizni tekshirib ko’ramiz. Ingliz tili?
— Mutlaqo!
— Nemis tili?
— Mutlaqo!
— Mutlaqo?! Bu so’z yaxshi bilaman, degan ma’noni beradimi yoki juda yaxshi bilaman, deganmi?
— Yo’q, mutlaqo bilmayman…
***
Mast erkak yarim tunda uyiga qaytdi. Endi eshikni ochib, hovliga kirgan edi, kuchugi uyasidan chiqib, unga qarab vovullay ketdi. Erkak:
— Jim bo’l, ahmoq, jim! Hozir xotinim uyg’onib qolsa, shunaqa yomg’irda qaerda uxlashingni o’yla!
***
— Salom, bu radiomi?
— Ha…
— Nima, meni hozir chindan ham hamma eshityaptimi?
— Ha, siz jonli efirdasiz.
— Do’kondagilar va bozordagilar ham eshityaptimi?
— Ha, do’kon va bozordagilar ham eshityapti. Gapiring!
— Yaxshi… Monya, sut olib o’tirma, buvim sut olib keldi!