Istanbul “Travel + Leisure” (T+L) ning “2024 yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi 50 ta shahar” ro’yxatiga kiritildi va kelgusi yil uchun tavsiya etilgan sayohat maskani deb tan olindi. Shaharning jo’shqin muhiti va diqqatga sazovor joylari mehmonlarga unutilmas taassurotlarni taqdim etadi. T+L sayyohlik jurnali “2024 yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi 50 ta joy” ro’yxatini tuzib, unda o’z muharrirlari e’tiborini tortgan va kelgusi yil uchun sayohatlarini rejalashtirishga ilhomlantirgan yo’nalishlar, shaharlar va tajribalarni namoyish etdi.
Ommaga kamroq ma’lum bo’lgan va Istanbul kabi dunyodagi eng mashhur sayyohlik yo’nalishlarini qamrab olgan mazkur ro’yxat, qiziquvchan sayohatchilarni dunyomizni yangicha yo’llar bilan o’rganishga ilhomlantiradi. Yigirmadan ortiq sayyohlik mutaxassislari shaxsiy tajribalariga asoslanib, ellikta yo’nalish ro’yxatini tuzdilar. Tavsiyalar quyidagi toifalarga ajratilgan: “Suv ostiga sho’ng’ish”, “Oziq-ovqat va ichimliklar”, “Katta shahar hayajonlari”, “Suvdagi lahzalar”, «Tabiatsevarlar», “Sohil hislari” va “Sarguzashtsevar sayohatchilar”.
Ikki qit’ada o’tmish va bugunni uyg’unlashtirgan Istanbulning zamonaviy teksturasi uni “2024 yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi 50 ta joy”ning “Katta shahar hayajonlari uchun” turkumidagi eng yaxshi sayohat yo’nalishlaridan biri deb topildi.
Istanbul
Tarixiy binolari, ko’p madaniyatli tuzilmasini aks ettiruvchi arxitekturasi, jonli madaniyat va san’at muhiti, hayratlanarli va o’ziga xos didlari va xarid qilish uchun keng ko’lamli tanlovlari bilan son-sanoqsiz tajribalarni taqdim etuvchi dunyodagi eng mashhur shaharlardan biri bo’lgan Istanbul T+L maqolasida batafsil yoritildi.
Maqolada mashhur arxitektor Renzo Piano tomonidan Bosfor bo’g’ozining jo’shqin suvlaridan ilhomlangan holda loyihalashtirgan Istanbul Modern, Istanbul rasm va haykaltaroshlik muzeyi va Istanbul yarim oroliga ham to’xtalib o’tilgan. Shuningdek, unda Istanbulning hashamatli turar-joy binolari, nafis taom lazzatlari, ajoyib mehmonxonalari, zamonaviy san’at va madaniyat markazlari, Mishelin yulduzli restoranlari va ko’plab xarid qilish maskanlari bilan zamonaviy shahar ekanligi ta’kidlangan.