Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi mamlakatda ishlab chiqarilgan Tejas yengil qiruvchi samolyotida parvoz qildi. Bu haqda u o’zining X’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Parvoz Hindiston janubidagi Karnataka shtatining Bangalor shahrida amalga oshirilgan. Tejas bir o’rindiqli qiruvchi samolyotdir, biroq Modi ikki o’rinli trener variantida parvoz qilgan.
Ma’lumot uchun, Tejas qiruvchi samolyoti Hindistonning Hindustan Aeronautics Limited kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Bu boradagi ishlar 1980 yillardan beri davom etmoqda. 2015 yilda qiruvchi samolyotni Hindiston harbiy-havo kuchlarida foydalanishga topshirishga qaror qilingan. Hozirda Tejas Mk2 qiruvchi samolyotining yangi modifikatsiyasi ustida ish olib borilmoqda.
Izohlarni ko`rish