Moda bir zumda o’zgaradi, ammo garderob sizga uzoq yillar hizmat qilishi kerak. Shu bois libos tanlashda har qanday vaziyatda qo’l keluvchi va klassik uslubga hos buyumlarga ko’proq e’tibor bering. Quyidagi ro’yxatimizda ular haqida qisqacha to’xtalib o’tganmiz!
1. Jinsi
Latofat – hamisha urfda ekanligi yoddan ko’tarilmasligi lozim. Jinsi buyumlar qanday marka va qanday narxda ekanligidan qatiiy nazar, uzoq yil xizmat qiladi va barcha libos bilan o’zaro uyg’unlasha oladi.
2. Neytral rangdagi tufli
Kiyishga hech qanday poyabzal topilmay qolgan onlarda neytral rangdagi tufli sizni murakkab vaziyatdan halos etadi. Uning ortiqcha bezaklarsiz bo’lishiga e’tibor bering.
3. Kulrang tolstovka
Kulrang tolstovka jinsi bilan ham, A siluetli ofis yubkasi bilan ham noodatiy tarzda uyg’unlasha oladi.
4.Kalta ko’ylak
Oddiy bichimga ega kalta ko’ylakni baland poshnali tufli bilan birga kechki bazmlar, kardigan va qulay poyabzal bilan esa kundalik uchrashuvlar uchun kiyish mumkin.
5. Pidjak
Erkaklar kiyimini yodga soluvchi pidjak har qanday qomat sohibasiga jiddiy ko’rinish bera oladi.
6. Futbolka
Paxta matosidan tayyorlangan oddiy futbolka turli liboslar bilan kiyish uchun mo’ljallangan. Uning qora, oq va kulrang tusda bo’lishi esa har qanday vaziyatda sizga qo’l kelishi mumkin.
7. Plash
Plash-makintosh– salqin kunlarda eng mukammal yechim bo’la oladi.
8. Krossovka
Ta’til va sayr chog’ida garderobingining bir chetidan joy olgan krossovka (yoki keda) joningizga oro kirishi aniq. U ham bugungi kunning eng ommalashgan uslubidagi muhim qismdir. Uzun ko’ylak bilan uyg’unlashtirsangiz ajoyib uslubni hosil qilasiz.
9. Yorqin rangdagi sumka
Sumka rangini tanlash o’zingizga havola. Ammo uning yorqin rangi kundalik garderobingizga yangilik olib kiradi.
10. Etik
Etikni sovuq kunlarda leggings, jinsi va ko’ylaklar bilan kiyish qulaylik hamda zamonaviylikni ta’minlaydi.
11. Yo’l-yo’l futbolka
Bu turdagi futbolka bejizga Koko Shanelning eng sevimli liboslari qatorida bo’lmagan. Uning erkin siluetli bo’lishi harakat qulayligini ta’minlaydi.
12. Qora ko’zoynak
Quyoshdan himoyalovchi ko’zoynak har qanday mavsumda sizga ajoyib uslubini to’ldirishingizda qo’l keladi.