Sayyoramizning koinotdan olingan sur’atlarini tomosha qilib turib ko’pgina ajablanarli va ba’zan aqlbovar qilib bo’lmaydigan narsalar topish mumkin.
Biz siz uchun Google xaritalarida dunyoning har xil burchaklaridan internet foydalanuvchilari topgan eng g’aroyib va sirli joylarni yig’dik.
Iroqdagi qonli ko’l
2007 yili Iroqning Sadr shahri yaqinida qip qizil rangdagi ko’l topilgan edi. Bu ko’l ustida ko’p spekulyatsiyalar bo’lgan. Anomal hodisa kelib chiqish taxminlari juda turfa bo’lib, oqava suvlaridan tortib to yaqin atrofda joylashgan qassobxona chiqindilarigacha edi. Ammo ko’l suvining rangini o’zgarishiga olib kelgan sabablar shu bo’yicha aniqlanmadi. Bugunga kelib ko’lning ko’rinishi boshqa ko’llarnikiga o’xshaydi.
Yurak ko’rinishidagi orol
Xorvatiyaga tegishli Galeshnyak oroli 2009 yili sputnik xaritalarida topilgan edi. Orol juda tez mashhur bo’lib ketib, bir vaqtlar kimsasiz bo’lgan yer endi butun dunyodan kelgan sevishganlarning ziyoratgoh joyiga aylandi.
Barmoq izi ko’rinishidagi labirint
Angliyaning Brayton shahrida «Xouv» bog’ida odam barmog’ining izi ko’rinishidagi ohaktoshdan terilgan labirint joylashgan. U 2006 yili rassom Kris Druri eskizi bo’yicha barpo etilgan. Bu labirintning boshqalaridan farqi shundaki, undagi markazga olib boruvchi yo’laklarda berk yo’laklar va ayrilishlari yo’q.
Svastika ko’rinishidagi bino
AQSH Xarbiy qomondonligiga tegishli svastika shaklidagi binoni 2006 yili Google foydalanuvchilari topdilar. Qomondonlikda bu o’xshashlikni faqat qurilishlari olib borilyotgan va uni o’zgartirib bo’lmaydigan vaqtda svastika figurasi bilan o’xshashlik aniqlangani haqida ma’lumot beradi.
2007 yili 600 ming AQSh dollari miqdorida mablag’lar landshaftni o’zgartirish va quyosh batareyalari o’rnatish uchun ajratilib, ular o’rnatilganda binonig shaklini berkitishgan. Bugun sputnik xaritalarda faqat bitta L shaklidagi korpusni ko’rish mumkin. Qolganlari quyosh batareyalari plastinalari bilan yopiq.
Daraxtlar bilan qoplangan kema
Avstraliyaning Sidney shahri yaqinida oqib o’tuvchi Parramatta daryosida bu tashlandiq va daraxtlar bilan qoplangan kema sputnik tomonidan sur’atga olingan. SS Ayrfield nomi ostidagi kema suvga 1911 yili tushurilgan edi. 1972 yili kemani xizmatdan yechib olishgan va o’sha vaqtdan beri daryoning quyilish joyida turibdi.
Ruminiyadagi noma’lum uchar jism
Ruminiyaning Timishoara shahari yaqinidagi tashlandiq fermalarninig biri yonida bu shakl jihatidan fantastik janrdagi filmlardagi noma’lum uchar jismga o’xshash ob’yekt topilgan. Bu topilma bizning sayyoramizga o’zga sayyoralik kema kelib qo’ngani to’g’risida ko’p mishmishlarga olib keldi. Haqiqatda esa, bu uchar likopcha bir vaqtlar Timishoarani suv bilan ta’minlagan, hozirda esa tashlandiq suv minorasi.
Harbiy samolyotlar qabristoni
«Devis-Monten» aviabazasi AQSHning Tuson shahari yaqinida joylashgan. Bu yerda 4400 ta samolyotlar va 40 ta kosmik kemalar saqlanadi. Har yili bu yerga 400 ta texnika birliklari keltirilib, yana shunchasi sotib yuboriladi yoki yo’q qilinadi.
Lox-Ness ko’lidagi g’aroyib mavjudot
Angliyaning Nottingemida 25 yoshli qo’riqchi Jeyson Kuk Lox-Ness ko’lining sputnik sur’atlarini ko’rib chiqayotganida uning suvlarida suzayotgan g’aroyib mavjudotni ko’rib qoldi. Vaholanki mashhur Nessi mavjudligi haqida ishonchli ma’lumotlar yo’qligiga qaramay, ko’pchilik Google sputnigi aynan uni suratga olgan deb hisoblashmoqda.