“Hajivat va Karago’z” ikki o’lchovli tasvirlar bilan ekranda o’ynaladigan taqlid va suhbatga asoslangan soyali spektakldir. Karago’z qahramoni xayolparast va dunyoqarashi keng deb aytiladi. O’yinda so’zlovchining o’zgarishi bosh harakatlari bilan amalga oshiriladi. Bu ikki qahramon haqiqatan ham yashaganmi yoki yo’qmi, agar yashagan bo’lsa, qaerda va qanday yashaganligi aniq emas. Hikoyalar rivoyatlarga asoslanadi, chunki ular haqiqatda yashagan bo’lsa ham, ular tilga olingan davrda tarix kitoblariga kirish uchun yetarlicha muhim hisoblanmagan. Mish-mishlarga ko’ra ular, Xoji Ivaz og’a yoki xalq tilidan aytilganda Hajivat va Frakiyaning Samako’l qishlog’ida yashovchi temirchi usta Karago’z, O’rxon G’ozi davrida Bursada yashagan va masjid qurilishida ishlagan ikki ishchilardir.
Ular o’zlari ishlamagani uchun boshqa ishchilarning ham ishlashiga to’sqinlik qiladilar. O’rhon G’ozi “Masjid vaqtida bitmasa, boshingizni olaman” degan masjid me’mori, Karago’z va Hajivatni masjidning vaqtida bitmasligiga sababchi bo’lganini aytadi. Shundan so’ng, bu ikkovining boshi kesiladi. Hajivat va Karago’zni juda yaxshi ko’rgan va ularning o’limidan juda afsusda bo’lgan Shayx Kusteri, ular o’lgandan keyin qo’g’irchoqlar yasab, sahna ortida o’ynashni boshlaydi. Shu tarzda Hajivat va Karago’z tanilgan.
Hajivat: yuqoriga tomon qayrilgan cho’qqi soqolli, ayyor va pishiq odam. U ilmli bo’lib, har sohadan o’z fikriga ega. Kim bilan qanday muomala qilishni yaxshi biladigan, Karago’zdan ko’ra madaniyatliroq, aqli raso va ishonchlidir. U suhbatda arab va fors so’zlarini aralashtirib jimjimador gaplar tuzadi. Shu sababli Karago’z ko’pincha nima deyotganini tushunmaydi yoki tushunmagandek ko’rinadi. Sahnadagi hazillar, odatda, ushbu so’z o’yinlari va tushunmovchiliklarga asoslanadi.
Karago’z: taqir boshiga «ishqirlak» degan qalpoq kiygan. Hech qachon munosib ishi bo’lmagan Karago’z, hech qaerda tahsil olmagandir. U Hajivat topib bergan vaqtinchalik ishlarda ishlaydi. U o’ziga o’xshab ketadigan, reaksiyalarini tezda oshkor qiladigan odamlarning odami. Bu odamlarning umumiy ongini ifodalaydi. U jasur va mard fe’l atvorga ega bo’lganligi uchun hamisha muammoga duch keladi. Karago’z qiziquvchan, farosatsiz va shartakidir. Ba’zan hiyla ishlatib, boshqalarni aldashga harakat qiladi. U doimo xotini bilan janjallashib qoladi.