Bugun Pekinda figurali uchish bo’yicha musobaqa boshlandi: Kamila Valiyeva bilan bog’liq doping-mojarodan so’ng bu Olimpiya o’yinlarining eng kulminatsion nuqtasi bo’ldi, desak mubolag’a bo’lmaydi.
Demak, musobaqada Kamila Valiyeva qisqa dasturni bajarib, 82,16 ball bilan yetakchilikni qo’lga kiritdi
Rossiyalik Anna Sherbakova ikkinchi, yaponiyalik Kaori Sakamoto uchinchi o’rinni egalladi.
To’rtinchi o’rinda yana bir rossiyalik sportchi Aleksandra Trusova.
Sportchilar 17 fevral kuni keyingi bosqichda o’z dasturlarini taqdim etishadi.
Izohlarni ko`rish