Amerikaliklarda ajoyib bir ibora bor: » Crab bucket theory»—»Qisqichbaqalar solingan chelak teoriyasi».
Aniqlanishicha, agar chelakda bittagina qisqichbaqa bo’lsa, u osongina erkinlikka chiqa oladi. Agar ular 5-6 ta bo’lsa, harchand urinmasin, hech qaysisi chiqa olmaydi. Negaki ular yuqoriga ko’tarilayotgan qavmdoshini tortib, o’zi chiqishga urinar ekan. «Chelakdagi qisqichbaqa» iborasidan kelib chiqadigan mantiq odamlarga ham xos.
Masalan, bir odam tamaki chekishni tashlamoqchi. Ammo do’stlari: «Baribir qo’lingdan kelmaydi» deb, unga sigaret uzatadi. Boshini kitobdan ko’tarmaydigan odamga: «O’qib olim bo’larmiding, undan ko’ra bironta hunar o’rgan!», deb uni yo’ldan uradiganlar ham bor. O’z ota-onang seni ahmoq, omadsiz yoki «odam bo’lmaysan» deb tursa, bu ham oilangiz «chelakdagi qisqichbaqa» ekanini isbotlaydi.
Odamlarning tabiati shunday, faqatgina o’zingizga bo’lgan ishonch shu chelakdan chiqishingizga yordam bera oladi. Siz irodali bo’lib, oyog’ingizdan tortayotgan ”qisqichbaqa”larni yengib, chiqib keta olishingiz shart.
Manba: @etnosuz