O‘zgidromet ertaga, 10 fevral kuni uchun ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechqurun yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2 daraja iliq, kunduzi 3-5 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq – 2 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq – 2 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2 daraja sovuq – 3 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3 daraja sovuq – 2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3 daraja sovuq – 2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq – 2 daraja iliq bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq havo haroratining o‘zgarishi sababli 8-12 fevral kunlari Toshkent va Namangan viloyatining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilingandi.