Eng ko'p milliarderlar yashaydigan mamlakat ma'lum bo'ldi

Eng ko’p milliarderlar istiqomat qiluvchi mamlakat Xitoy bo’lib, so’nggi bir yil ichida u yerda 10 milliard boylikka ega badavlat odamlar Qo’shma Shtatlarga qaraganda uch baravarga oshgan.

Bu haqda Xitoyning “Hurun” tadqiqot kompaniyasi hisobotida ma’lum qilindi.

Tahlilchilarning hisob-kitoblariga ko’ra, 2020 yilning 31 yanvar holatiga ko’ra Xitoyda, shu jumladan, Gonkong hamda Tayvanda milliarderlar soni yil davomida 182 taga ko’paygan holda 799 taga yetgan. AQShda esa milliarderlar soni 626 kishini tashkil etmoqda. Yil davomida ular 59 taga ko’payishgan.

“Hozir Xitoyda milliarderlar soni AQSh va Hindistondagi milliarderlarning birgalikda qayd etilgan ko’rsatkichiga qaraganda ko’proqdir”, deya ta’kidladi “Hurun Report” raisi hamda bosh tahlilchisi Rupert Xugeverf.