Rossiyaning Voljsk shahrida yashovchi fuqaro birinchi kosmonavt Yuriy Gagarin halokatga uchrab vafot etgan “MiG-15UTI” samolyotidan olingan deb taxmin qilinayotgan metall bo’lagini 450.000 ming rublga sotuvga qo’ydi.
Bu haqda «Volgograd Online» portali xabar berdi.
Sotuvchning ma’lum qilishicha, samolyot bo’lagi uning oilasi qo’lida 70-yillarda V.G. Shchelkayev ismli shaxsning xati bilan birga paydo bo’lgan. Metall bo’lakning haqiqiyligini tasdiqlovchi yagona dalil ham aynan shu xat ekanligini ma’lum qilinmoqda.
Ammo kosmonavtning jiyani Tatyana Filatova bilan maslahatlashgan Yuriy Gagarin memorial muzeyi rahbariyati samolyotning eng kichik bo’lagi ham shaxsiy qo’lga tushishi mumkinligiga shubha bildirmoqda.
Zero, ta’kidlanishicha, fojiadan keyin tergov o’tkazish maqsadida barcha qoldiqlar maxsus bochkalarga to’plangan bo’lib, hanuzgacha Moskva yaqinida joylashgan Lyubersi shahridagi Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi ilmiy-tadqiqot instituti arxivida saqlanmoqda.