Bu qiziq

«Twitter» yilning eng ommaviy xabari va eng ommaviy xeshtegini ma’lum qildi

Комментариев нет

«Twitter» foydalanuvchilari 2020 yilda amerikalik aktyor Chedvik Bouzmanning akkauntida aktyorning vafot etgani haqida e’lon qilingan xabar bilan eng ko’p bo’lishishgan.

Gollivudning “Qora pantera” filmida bosh rolni ijro etgan aktyor avgustda yo’g’on ichak saratonidan 43 yoshida vafot etgandi. Uning vafot etgani ma’lum qilingan tvit e’lon qilinganining ertasi kuniyoq 5,7 mlndan ko’proq layk to’plab, ijtimoiy tarmoq tarixidagi eng ommaviy tvitga aylangandi.

9 dekabr holatiga ko’ra, ushbu tvit 3,1 mlnta retvit va 7,5 mlnta layk to’plagan.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoq joriy yilda foydalanuvchilar tomonidan eng ko’p muhokama qilingan odamlar ro’yxatini tuzdi.

Unda 1-o’rinni AQSh prezidenti Donald Tramp egallagan. 2-o’rinni OAV tomonidan AQShdagi 2020 yilgi prezident saylovlari g’olibi deb atalayotgan siyosatchi Jo Bayden, 3-o’rinni esa politsiya tomonidan hibsga olinish vaqtida halok bo’lgan afroamerikalik Jorj Floyd egallagan.

«Twitter»da yilning eng ommaviy xeshtegi #COVID19 bo’lgan. Bu borada 2-o’rinni Jorj Floyd o’limidan keyin ommalashgan #BlackLivesMatter (Qora tanlilar hayoti muhim) xeshtegi egallagan.

Related Articles

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Заполните поле
Заполните поле
Пожалуйста, введите корректный адрес email.

Dunyodagi eng kuchli 7 yoshli qizaloq 80 kiloli shtangani ko’tardi
Eng ko’p milliarderlar yashaydigan mamlakat ma’lum bo’ldi
Меню