Duduqlanishning sababi aniqlandi

Leypsigdagi Maks Plank nomidagi kognitiv va miya fanlari instituti olimlari va Gettingen universiteti tibbiyot markazi ilmiy xodimlari nutqdagi nuqsonlarni miyaning ikkala yarimsharidagi ba’zi reseptorlarning sinxron ishlamasligi keltirib chiqarishini aniqladilar. Olimlarning aytishicha, nutqida nuqson bilan tug’ilgan odamlarning miya yarimsharlaridan biri ikkinchisiga nisbatan faolroq ishlaydi va bu bilan nutq shakllanishini qiyinlashtiradi va duduqlanishni keltirib chiqaradi.

Duduqlanishning sababi aniqlandi

Duduqlanishga ega odamlar miyasi tuzilishi va faolligining o’rganilishi ularda o’ng miya yarimshari asab tolalari tarkibi bo’yicha chap yarimsharnikidan jiddiy farqlanishini ko’rsatgan. Olimlarning fikricha, miyaning ba’zi qismlarining, misol uchun nutqni shakllantiradigan va rejalashtiradigan chap pastki peshona miya egriligi va chap yarimshar motorik po’stlog’i giperfaolligi nutqdagi nuqsonlarni keltirib chiqarishi mumkin.

 

manba: kun.uz