Yaqinda Xalqaro fazo stansiyasidan yerga qaytgan kosmonavt Sergey Ryazanskiyning gapiga qaraganda, u orbitadalik paytida xuddi temirni payvandlashdagi kabi sassiq hidni dimog’ida tuygan. Ammo hamkasblari bu masalada boshqacharoq gaplarni gapirishdi. Misol uchun astronavt Jek Fisher fazoda kuyayotgan metall hidi kelishini aytib o’tdi. Yana bir astronavt Rendi Breznik bo’lsa, orbitada dimog’iga doim qo’ziqorindan tayyorlangan sho’rva hidi urilganini bayon qildi.
Darvoqe, Rossiyadagi «Energiya» korporatsiyasi mutaxassislari yaqin yillarda orbitada mini-otel bunyod etishni mo’ljallashgan. Otel olti nafar sayyohni o’z bag’riga oladi. Har bir sayyoh uchun alohida kayuta, vanna hamda illyuminator yaratilgan.
360tv. ru
Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi “Telegramm” dagi alohida kanalda! Bizga qo’shiling, afsuslanmaysiz!
t.me/olimjonhayit