Ish samaradorligi oshishi va vazifalarni chalg’imasdan bajarishga hissa qo’shadigan mahsulotlar haqida ma’lumot berib o’tamiz.
Qora shokolad
Tarkibida 70 foizdan kam bo’lmagan kakaoga ega qora shokolad diqqatni jamlash uchun eng samarali mahsulotlardan sanaladi. Kakaoda tetiklashishga yordam beradigan kofein, stressni bartaraf qilib, endorfin hamda serotonin ajralishini rag’batlantiradigan magniy mujassam bo’ladi. Shu sabab ham uning iste’molidan keyin kayfiyat ko’tariladi, yuklatilgan vazifani bajarish uchun e’tibor oshadi.
Avokado
Foydali yog’larga boy sanalgan avokado miya faoliyati uchun juda ham ahamiyatli sanaladi, diqqatni jamlashga yordam beradi. Qolaversa, ushbu mevada yallig’lanish jarayonlarida samara beradigan, miya hujayralarini shikastlanishdan saqlaydigan antioksidantlar bisyor bo’ladi. Agar oldinda sizni vazifa va zo’riqishlarga boy kun kutayotgan bo’lsa, tongni avokado bilan qarshi tavsiya qilinadi.
Yong’oq
Yong’oqlar foydali omega-6 yog’ kislotalari hamda o’simlik oqsilining koni hisoblanadi. To’q tutgani sabab ham uning iste’molidan keyin odamning qorni uzoq vaqt davomida ochmaydi, miya faoliyatini jadallashtiradi. Mutaxassislar hamisha yoningizda yong’oq olib yurishni maslahat beradi. Ushbu oddiy, ammo foydali tamaddi bilan kun oxirigacha energiyaga to’la bo’lasiz, diqqat va e’tiborli bo’lish doimgidan sezilarli darajada ko’payadi.
Ko’k choy
Ko’k choy asab tizimini rag’batlantirib, diqqatni oshiradigan foydali moddalarning koni sanaladi. Tarkibida kofein va teanin mo’l ekani sabab tetiklashishga yordam beradi, bisyor bo’lgan antioksidantlar esa yallig’lanish jarayonlari hamda miya hujayralarini shikastlanishdan saqlaydi. Ammo uyqu bilan bog’liq muammolarni keltirib chiqarishi mumkin ekani sabab kechasi iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi.
Zig’ir urug’i
Zig’ir urug’ida miya uchun ahamiyatli bo’lgan omega-3 yog’ kislotasi boshqa mahsulotlarga qaraganda sezilarli darajada ko’p bo’ladi. Qolaversa, miyani oziqlantirib, diqqatni oshiradigan magniy, B guruhi vitaminlari va kletchatkalarga ham boy ekani bilan o’ziga xosdir. Hazm bo’lishi qiyinligi uchun uni maydalangan holda salat, sho’rva, yogurt yoki smuziga qo’shib iste’mol qilinsa, maqsadga muvofiq bo’ladi