Britaniyaning «The Times» nashri O’zbekistonni dam olish uchun eng jozibador joylar ro’yxatiga kiritdi.
Unda O’zbekiston Avstraliya, Hindiston, Mekong daryosi va Norvegiyaning mashhur fyordlaridan keyin beshinchi o’rinni egalladi.
Tomoshabop joylar ko’p: Muzeylar va sovet binolariga boy Toshkent, Tamerlanning zarhal poytaxti Samarqand, Registonning ko’k rangda bezatilgan masjidlari – dunyoning qadimiy mo»jizasidir.
Nashr shuningdek, Buyuk Ipak yo’lida joylashgan Buxoro shahri va uning imoratlarining g’isht rangi cho’lga mos ekanini qayd etgan.
Xivada esa – 1500 yillik islomiy me’morchiligi shu qadar yaxshi saqlanib qolganki, bu joy osonlikcha «blokbasterning foniga» aylanishi mumkin, – deb yozadi Times.
Undan tashqari, nashr O’zbekistonga kelish uchun viza talab etilmasligini hamda noodatiy yangi joylarga borishni istagan sayohatchilar uchun O’zbekiston eng chiroyli joylardan biri ekanini qayd etgan.