image0

O‘zgidromet O‘zbekiston bo‘yicha 14-16 fevral kunlari kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, ertaga, 15 fevral kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaryo, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.

16 fevral kuni O‘zbekistonning ko‘pchilik hududlarida (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining shimoli-g‘arbiy hududlaridan tashqari) yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi.

14-15 fevral kunduz kunlari havo harorati 7-10 daraja iliqqacha isiydi. 16 fevral kuni kunduzgi harorat 3-6 daraja iliqqacha pasayadi. Harorat asosan kechalari 0-5 daraja iliq bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

Toshkent shahrida ertaga, 15 fevral kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, 16 fevral kuni vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. 14-15 fevral kunduz kunlari harorat 7-10 daraja iliq bo‘ladi, 16 fevral kuni 3-6 daraja iliqqacha pasayadi. Harorat asosan kechalari 0-3 daraja iliq bo‘ladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.