Chunki sherning joyida eshak ishlayapti

Bir kuni ayiq o’rmonga ish izlab borsa, to’ng’iz kutib olibdi.
– Menga ish kerak, – debdi ayiq.
– Bitta quyon lavozimi bo’sh, – debdi to’ng’iz.
– Axir, men ayiq bo’lsam, quyonning joyida qanday ishlayman!? O’zimga mos ish beringlar – debdi.
– Buning sira iloji yo’q, chunki ayiqning joyida quyon ishlayapti – debdi to’ng’iz qo’rslik bilan.
– Axir, bu adolatdan emas! Men o’rmon shohi sher bilan uchrashmoqchiman.
– Buning ham iloji yo’q – debdi to’ng’iz qizishib.
– Nimaga?
– Chunki sherning joyida eshak ishlayapti – javob qilibdi to’ng’iz.