KELING BIR KULIShAYLIK !!!

* * *

Yigit va qiz uchrashuvda.

Qiz:

— Yoshingiz 25 da-yu, baribir o’zingizni yosh boladay tutasiz-a!

Yigit:

— Yo’g’-e, ja unchalikmas! Ie, qarang, halinchak bo’shadi, ketdik uchib kelamiz!

* * *

Mashhur millionerdan so’rashdi:

— Birinchi topgan millioningizni eslay olasizmi?

— Kechagiday esimda. Birinchi millionimni otam tungi klubga ketayotganimda qo’limga tutqazgandi.

* * *

Piyodalar o’tish joyida mashina piyodani urib ketdi. Haydovchi jabrlanuvchining tepasiga yugurib keldi-da, dedi:

— Omadingiz bor ekan. Men vrachman!

Piyoda sekin boshini ko’tarib javob qildi:

— Sizning esa omadingiz yo’q ekan. Men advokatman.

* * *

— Taqdir, hoy taqdir! Menga aqlli, go’zal, meni butun borlig’i bilan sevadigan, «osmondagi oyni olib ber» deb xarxasha qilmaydigan, quchganimda hadeb o’zini taroziga solavermaydigan qizni hadya et!

Internet bir siltandi-da, quyidagi javob monitorda namoyon bo’ldi:

«Sizning so’rovingiz bo’yicha hech narsa topilmadi.»

* * *

Xotin:

— Uyqusizlik jonga tegdi. Bu kechayam ertalabgacha ko’z yummadim, dadasi!

Er:

— Ie, shunaqami? Meniyam uxlamasin deb atayin xurrak otganmiding hali?

* * *

Rahbarning rashkchi xotini o’ziga yangi kotiba izlayotgan eriga dedi:

— Yosh, sohibjamol, jozibali qizni topishni xayolingizgayam keltirmang! Undan ko’ra oilali, o’rta yashar, semiz, hatto tushingizdayam sizni o’ziga rom qila olmaydigan ayolni toping!

— Shunaqami? Xo’p, u holda dushanbadan ishga chiqaverishing mumkin!

* * *

Ayol dugonasidan so’radi:

— Hech ering seni begona erkak bilan tutib olganmi?

— Yo’q, faqat do’stlari, qarindoshlari bilan tutib olgan.

* * *

Do’konga bir erkak kirib sotuvchidan so’radi:

— Manavi velosiped g’alati ekan. Buning nima karomati bor?

— Bu velosiped-tandem deb nomlanadi. Xotiningiz bilan birga xohlagan joyga ketaverishingiz mumkin.

— Mening xotinim velosiped haydashni bilmaydi.

— Ayni muddao. Orqa o’rindiqda o’tirib, pedalni aylantirib ketsa bo’ldi. Rulni siz boshqarasiz.

— Zo’r ekan. Menga qarang, mana shu oldindagi pedallarni yechib tashlasa bo’lmaydimi?

* * *

O’t o’chiruvchining xotini eriga baqirdi:

— To’ydan oldin «Senga ovqatniyam, choyniyam, qahvaniyam yotgan yeringga keltirib beraman!» deb va’da qilgandingiz! Men ahmoq ularni shlangda keltirishingiz mumkinligi haqida o’ylab ko’rmagan ekanman!

* * *

Jon berayotgan er xotinidan so’radi:

— So’nggi iltimosimni aytsam, ado etasanmi?

— Albatta.

— O’lganimdan so’ng olti oy o’tib sinfdoshim Toshmatga turmushga chiqasan.

— Ie, uni ko’rishga ko’zingiz yo’q edi-ku!

— Ha, hozir ham uni juda yomon ko’raman.