ChO'ChQA HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR…

 

1. Cho’chqa to’ng’izning qo’lga o’rgatilib, qayta chatishtirilgan turi hisoblanadi.

2. U burni yordamida yerni kovlab o’ziga ovqat qidiradi.

3. Cho’chqa duch kelgan ovqatni yeb ketaveradi. Go’shtdan tortib meva-chevagacha uning sevimli taomidir.

4. Cho’chqa suvda suzishni ham qoyillata oladi.

5. Cho’chqa shu qadar farosatsiz, isqirtligidan loy, ko’lmak suvda dumalab yotmaydi. Shu yo’l bilan tanasiga joylashib olgan parazitlardan xalos bo’ladi. Tanasiga yopishgan loy qurigach, o’sha parazitlar ham loy bilan birga tushib ketadi.

6. Olimlarning aytishicha, cho’chqa dunyodagi eng aqlli hayvonlar o’nligiga kiradi. Ular o’ta murakkab vazifalarni ham itlardan farqli o’laroq a’lo darajada ado etarkan.

7. Odam va cho’chqa tanasi deyarli bir xil tuzilgan. Hozirgi kunda cho’chqaning ichki a’zolari ham odamlarni turli dardlardan xalos etishda keng qo’llaniladi.

8. Cho’chqaning hid olish xususiyati itlardan bir necha hissa kuchliroq. Ulardan bemalol narkotiklarni qidirib topishda foydalansa bo’ladi.

9. Cho’chqa go’shtida inson organizmi uchun xavfli parazitlar ko’pchilikni tashkil etadi. Shu sababli uni chala pishirib ham yeb bo’lmaydi. Qaynatishdan oldin esa bu go’shtni qayta ishlash kerak bo’ladi.

10. Yoshi ulug’ cho’chqa vazni odatda 150 kilogrammgacha yetadi.

11. Cho’chqa boshini ko’tarib osmonga qaray olmaydi.

12. Cho’chqa serbolalikda kerak bo’lsa mushuk, it, quyonlarni ortda qoldiradi. O’tgan asrning o’rtalarida Daniyada urg’ochi cho’chqa bir tug’ishda 35 ta cho’chqachani dunyoga keltirgan.

13. Cho’chqa o’rtacha 20 yil umr ko’radi. Albatta so’yib go’shtga tortib yuborilmasa.

14. Cho’chqaning burun qismidan boshqa yeri terlamaydi.

15. Tinch okean sohillarida shunday cho’chqalar borki, faqat baliq bilan oziqlanadi. Baliqni esa ular 15 metr chuqurlikdan tutib chiqishadi.

Olimjon HAYIT tayyorladi