BURGUT HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR…

 

1. Burgut dunyoda jasurlik, mardlik ramzi sifatida qadrlanadi.

2. Burgutning tanasi juda baquvvat, qanotlari keng. Qanot yoyganda, ularning uzunligi 2, 5 metrga teng bo’ladi.

3. Burgutning erkagi urg’ochisiga tuxum bosishda yaqindan yordam beradi.

4. Urg’ochi burgut erkagidan yirikroq bo’ladi.

5. Burgut 7-8 kilometr balandlikda bemalol parvoz qiladi.

6. Burgutlar parvoz paytida ham jinsiy munosabat yurita oladi.

7. Burgut inini maksimal balandlikda quradi. Inni har yili kengaytira boradi.

8. Burgutning ko’rish imkoniyatlari odamlarnikidan besh-olti hissa yuqori bo’ladi.

9. U parvoz paytida ham hajmi o’zidan katta bo’lmagan qushlardan o’ljasini tortib ola biladi.

10. Agar burgut oilasida ikki burgutcha dunyoga kelsa, kuchlirog’i zaifini o’ldirishga harakat qilib ko’radi. Zaifrog’i so’z bermasa, bu olishuvlardan omon chiqa olsa, ular keyinchalik bir umr ahillikda umr kechirishadi.

11. Burgut inida burgutchalar dunyoga kelsa, erkagi ovqat topib kelish, urg’ochisi esa bolalarining qornini to’ydirish va ular xavfsizligini ta’minlash bilan band bo’ladi.

12. Qadimiy Misr va Xitoyda burgutni quyosh timsoli deb bilishgan.

13. Burgutchalar uch oylikdanoq mustaqil ov qila boshlashadi.

14. Parvoz paytida burgutning harakatlanish tezligi soatiga 200 km ga yetadi. Basharti o’lja ketidan quvlasa, soatiga 320 km tezlikda uchadi.

15. Burgutlar juda sadoqatli qush. Urg’ochi va erkagi bir-biriga hech qachon xiyonat qilmaydi. Yevropa ornitologlari 35 yildan beri birga umr kechirgan burgutlar juftligini bunga yaqqol misol sifatida keltirishgan.

Olimjon HAYIT tayyorladi