1. Portugaliyada chinnigul harbiy diktaturani yo’q qilish timsoliga aylangan. Mamlakatda harbiy rejim yo’q qilingan kuni ko’chalarni aynan chinnigullar bilan bezatishgan.
2. Chinnigul Avstriya, Fransiya va Rossiyada inqilob timsoli hisoblanadi.
3. Chinnigul navlaridan biri kun davomida rangini o’zgartiradi. Ertalab oq, keyinchalik pushti, kechqurun to’q pushti rangga kiradi.
4. Chinnigulni suvga solib qo’ysangiz, uzoq vaqtgacha yashnab turadi.
5. Fransiyada chinnigul krestonoseslarning muvaffaqiyatli yurishlaridan so’ng mashhur bo’lgan. Bu voqea o’rta asrlarda sodir bo’lgan. Ma’lumotlarga ko’ra, o’sha paytlarda Tunisdagi fransiyalik krestonoseslarni aynan chinnigulning damlamasi o’latdan saqlab qolgan ekan.
6. Chinnigulni nemis shoiri Gyote juda sevgan. Shoir bu gulni mustahkamlik va qudrat ramzi sifatida qadrlagan.
7. O’rta asrlarda ispaniyalik qizlar o’ziga yoqqan yigitni uchrashuvga chaqirish uchun ko’ylagiga turli rangdagi chinnigullarni qadab olishgan.
8. Yevropaning ayrim davlatlarida ilgari chinnigul ofatlardan asrovchi tumor darajasida qadrlangan. Shu sababli jangga ketayotgan askarning ko’ksiga chinnigulni ip bilan tikib qo’yishgan.
9. Qachonlardir chinnigul Belgiyada oddiy fuqarolarning guli hisoblangan. Fransiyada esa chinniguldan foydalanishga faqat dvoryanlar haqli bo’lgan.
10. Chinnigul SSSR da hamisha mashhur bo’lgan. Ikkinchi jahon urushidagi sovetlar g’alabasi ramzi sifatida ham xuddi shu chinnigul tan olingan.
11. Hozir dunyo bo’yicha chinnigulning 350 ta navi mavjud.
12. Seleksiyachilar bu gulning yangidan-yangi navlarini yaratishdan hanuz to’xtagani yo’q. Nasib bo’lsa, yaqin yillarda chinnigul navi 400 taga yetsa ajab emas.
Olimjon HAYIT tayyorladi
1ta izoh