O’zbekiston poytaxtining asosiy archasi MDH hududidagi eng baland archalar uchligiga kiritildi.
Uning balandligi 36 metrni tashkil etdi.
Reytingning ilk pog’onalarini Ashxobod (archa balandligi 40 metr) va Yerevandagi (37 metr) archalar egalladi.
Birinchi o’nlikka Boku (34 metr), Minsk (30 metr), Dushanbe (29 metr), Moskva (27 metr), Bishkek (27), Nur-Sulton (25 metr) va Kishenyovdagi (20 metr) archalar kiritilgan.
Shuningdek, reyting mualliflari MDH mamlakatlari orasida Moskvada o’rnatilgan archa tabiiy ekanligini qayd etish adolatli bo’lishini ta’kidlashgan.
Sputniknews-uz.com
Izohlarni ko`rish