“Challenger” kemasining eng katta qoldiqlari halokatdan 36 yil o'tib Atlantika okeanining tubida topildi

Ularni birinchi bo’lib Florida qirg’oqlari yaqinida hujjatli film suratga olish uchun Ikkinchi jahon urushi samolyotini qidirayotgan g’avvoslar payqab qolishgan, deb yozadi AP.

NASA kema qismining haqiqiyligini tasdiqladi, biroq u bilan nima qilish kerakligini hali hal qilmagan.

“Challenger” 1986 yil yanvar oyida ishga tushirilgandan so’ng hech qancha vaqt o’tmay cho’kkan. O’shanda ekipajning barcha a’zolari, jumladan, kosmosga chiqqan birinchi o’qituvchi halok bo’lgandi.