Mask yana bir rekordni e'lon qildi

Ilon Mask 11 noyabr kuni Twitter ijtimoiy tarmog’ining faol foydalanuvchilari soni rekord darajaga yetganini e’lon qildi.

7 noyabr kuni The Verge internet portali Twitter’dan monetizatsiyalangan foydalanuvchilarning kunlik o’sishi Mask rahbariyatining birinchi haftasida rekord darajaga yetganini xabar qilgan edi.

Portal ma’lumotlariga ko’ra, monetizatsiya qilingan Twitter foydalanuvchilarining kunlik o’sishi 20 foizga oshgan.