BULBUL HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR…

 

1. Bulbul paydo bo’lganiga 12 million yildan oshgan. Dastlab ular Vengriyada paydo bo’lgan ekan.

2. Bulbullar chumchuqsimonlar oilasiga mansub bo’lib, tovushi yoqimli va ajoyib bo’lsa-da, tashqi ko’rinishi ko’zga yaqin emas.

3. Bulbul oddiy, sharqiy, g’arbiy va janubiy, qizilbo’yin, ko’ksi qizil, ko’k, oqqosh kabi turlarga bo’linadi.

4. Bulbul soatiga 50 km tezlikda uchadi.

5. Bulbul dunyoga kelishi bilan ota-onasi uni kuylashga o’rgata boshlaydi.

6. Bulbul avgust boshida Shimoliy Afrikaga uchib ketadi. O’sha yerda qishlab, may oyi boshlarida vataniga qaytadi.

7. Qishlab kelgach, ular darhol kuylashni boshlashmaydi. Oradan bir-ikki hafta o’tgach, kuylay boshlashadi. Bulbullar deyarli to’xtovsiz kuylaydi. Orada qisqa tanaffus qilib olishi mumkin xolos.

8. Bulbul 10 yilga qadar umr ko’radi. Shu umrini faqat bir joyda o’tkazadi.

9. Ajablanarlisi, bulbul qishlash uchun shimolga boradi-yu, ammo u yerda umuman kuylamaydi. To vataniga qaytguncha sukut saqlaydi.

10. O’n to’qqizinchi asrda bulbul ovlab sotish mo’may daromadli ish hisoblangan.

11. Shveysariyaning tog’li hududlarida bulbul 1000 metr balandlikda yashaydi. Hech qachon pastga tushmaydi.

12. Qadimda sharq mamlakatlarining podsholari bulbul sayrashiga ishqiboz bo’lishgan. Ularning saroyida maxsus qafaslarda bulbul saqlangan. Podsholar bulbul kuylab omad va unumdorlik chaqiradi deb hisoblashgan.

13. Bulbul asosan chumoli tuxumi, qumursqalar, qurtlar, mayda o’rgimchaklar bilan oziqlanadi.

14. Germaniyada restoranlarda bulbul tili qo’shib tayyorlangan taom juda qadrlanadi.

15. Qadimda qo’shiqchi bo’lishni orzulagan odamlar bulbulni tutib go’shtidan kabob pishirib yegan ekan.

16. Urg’ochi bulbul erkagini uning qanday kuylashiga qarab tanlaydi.

17. Bulbul go’shti tibbiyotda anemiya, surunkali toliqish, qorin og’rishi va boshqa xastaliklarga shifoligi bilan mashhur.

18. Bulbul juda foydali qush. U tirik jonzotlarga ziyon yetkazishi mumkin bo’lgan daraxtlar barglarini va qumursqalarni yeydi.

Olimjon HAYIT tayyorladi