KUN KULGISI…

 

 

* * *

 

Xotin eridan so’radi:

— Meni sevasizmi?

— Albatta.

— Basharti sizga xiyonat qilsam, kechira olarmidingiz?

— Ie, qiziqchimisan? Marhumlarni kechirmay bo’larkanmi?!.

 

* * *

 

Yo’l patrul xizmati xodimi boshlig’iga dedi:

— O’rtoq polkovnik, menga baxt kulib boqdi!

— Qanday baxt?

— O’g’illi bo’ldim.

— Tabriklayman! Xo’p, hozir hisobchiga aytaman, senga yuz ming so’m mukofot yozadi.

— O’rtoq polkovnik! Men o’g’illi bo’ldim deyapman!

— Uf-f, o’zing ham ja qaysarsan-da! Bo’pti, radar bilan «40» degan belgini olgin-da, xohlagan joyingga boraver!

 

* * *

 

Bolakay ota-onasidan so’radi:

— Dada, piyoz foydali mahsulotmi?

— Ha.

— Oyi, qaymoq ham foydalimi?

— Albatta.

— Dada, menga piyozli va qaymoqli pechenye olib bering!

 

* * *

 

— Nega xomushsan?

— Xotinim bilan telefonimdan ayrildim.

— Birdan-a?

— Yo’q, oldiniga yaramas o’g’rilar telefonimni o’g’irlashdi. Keyin xotinimga qo’ng’iroq qilib qaerdaligimni, nima ish bilan mashg’ulligimni aytishibdi.

 

* * *

 

Yigit qo’ltiqtayoqda ketib borayotgan tanishidan so’radi:

— Nima bo’ldi?

— Mashina urib ketdi.

— Endi qo’ltiqtayoqsiz yura olmas ekansanmi?

— Bilmadim. Do’xtir yura olasan deyapti. Advokat esa aksini gapiryapti.

 

* * *

 

Erkak do’konga kirib sotuvchidan so’radi:

— Bodring bormi?

— Yo’q.

— Pomidor-chi?

— Yo’q.

— Karam-chi?

— Vey, xit qilib yubordingiz-ku odamni! Bu yer sabzavotlar do’koni, ma’lumot byurosi emas!

 

* * *

 

— Og’ayni, ertaga xotinimning tug’ilgan kuni. Nima sovg’a qilishni bilmay boshim qotdi.

— Xotining nimani ko’proq yaxshi ko’radi?

— Katta tezlikda osmonu falakka parvoz qilishni.

— Unda supurgi sovg’a qil!

 

* * *

 

— Onasi, ayt, tug’ilgan farzand ko’proq kimga o’xshashi kerak?

— Otasiga.

— Ahmoq, otasigamas, eringga o’xshashi kerak.

 

* * *

 

Xotin eridan so’radi:

— Dadasi, tug’ilgan kunimga nima sovg’a qilmoqchisiz?

— Tashqariga qara! Hov anavi qora «BMV»ni ko’rayapsanmi?

Xotin (quvonib): — Ha-a, dadajonisi, ko’ryapman!

— Xuddi o’sha rangda ajoyib paypoq sovg’a qilaman.