Bugun bayram va ushbu sanada sodir bo'lgan muhim tarixiy voqealar

1604 yil — Puritanlarning Angliya cherkovi ta’limotini o’zgartirish talablarini muhokama qilish uchun Angliya qiroli Jeyms I boshchiligidagi Xempton sud konferensiyasi ochilgan;

1700 yil — Pyotr I rus zodagonlariga eskicha uzun kiyimlar o’rniga kalta Yevropacha kostyumlar kiyishni buyurgan;

1761 yil — Hindistonning Panipat shahri yaqinidagi jangda afg’onlarning 90 ming kishilik qo’shini (Ahmad Shoh Durroniy boshchiligida) hindistonlik musulmon qo’shinlari bilan ittifoqda Marata knyazlari armiyasini butunlay yo’q qilgan;

1814 yil —Kilda tinchlik shartnomalari imzolanishi natijasida 1807-1814 yillardagi Angliya-Daniya urushi tugatilgan;

1902 yil— Xitoy Sharqiy temir yo’lining Manjuriya-Harbin qismida poezdlar qatnovi yo’lga qo’yilgan;

1929 yil — Moskva viloyati tashkil etilgan;

1943 yil —Tinch okeanidagi urush: Yapon qo’shinlarini Gvadalkanal orolidan evakuatsiya qilish boshlangan;

1969 yil — Gavayi orollarida USS Enterprise aviatashuvchi kemasida yong’in sodir bo’lib, 27 kishi halok bo’lgan va 15 ta samolyot yonib ketgan;

1972 yil — Daniya qirolichasi Margaret II taxtga o’tirgan.