Qatar chempionatida Usmon Kulibalining yuragi xuruj qildi va…

Qatar chempionati 13-turi doirasida «Ar-Rayyan» va «Al-Vaqra» uchrashuvi vaqtida ko’ngilsiz hodisa ro’y berdi.

Bahsda «Al-Vaqra»ning malilik himoyachi Usmon Kulibali o’yinning birinchi bo’limida kutilmaganda hushini yo’qotib maydonga yiqildi. Bunga guvoh bo’lgan «Ar-Rayyan» yarim himoyachisi Xames Rodriges shifokorlar yetib kelgunga qadar Kulibaliga birinchi yordam ko’rsatdi.

Qatar chempionatida Usmon Kulibalining yuragi xuruj qildi va…

Tibbiyot xodimlari yetib kelgach, malilik futbolchi shifoxonaga olib borilgan.

Ma’lum bo’lishicha, Kulibalida yurak xuruji kuzatilgan. Shifoxonada uning holati barqarorlashgan.

«Real»ning sobiq o’yinchisi Xames Rodriges 2021 yilning sentyabr oyidan buyon Qatar chempionatida to’p surmoqda.