Bu voqea Kanadada bo'lgan…

Siz sur’atini ko’rib turgan bu qariya non o’g’irlagani uchun sud qiligan. U aybini inkor etmaydi, aksincha, tan olib, faqat bu ishni och qolgani sababidan sodir etganini bildiradi.

Hakam unga:
– Siz o’g’irlik qilganingizni tan olib turibsiz. Endi men sizga o’n dollar jarima solaman va bu pul sizda yo’qligini ham bilaman. Shuning uchun uni sizning o’rningizga o’zim to’layman, – dedi va cho’ntagidan o’n dollar chiqarib, jarima sifatida davlat xazinasiga o’tkazdi.

Sud zalida sukunat hukm surardi…

Birozdan keyin hakam sud ishtirokchilariga qarata shunday dedi:

– Sizlarning hammangizga ham o’n dollardan jarima solaman. Chunki sizlar yashayotgan shaharda non o’g’irlashga majbur bo’lgan faqir yashayapti!.

O’sha onda 480 $ pul yig’ildi va uni hakam qariyaga berdi.

Hakam «Qaerda bir faqirning qorni to’yib ovqat yemayapti, demak u yerda boshqaning haqqini yeb o’tirgan kimdir bor» deb sudni yakunladi.

P.S.: Ne zamonki, majusiylar diyorida islomiy qoidalar hukmron. Ba’zi bir musulmon yurtida esa…

 

Manba: @Tafakkur3