1. Bo’shatish qoidasi:
Agar sizga yangi poyafzal kerak bo’lsa, eskisini tashlab yuboring. Agar sizga yangi kiyim kerak bo’lsa shkafingizni tozalang. Yani stereotiplaringiz, xohishingiz bilan xayrlashishingiz kerak.
2. Aylanish qonuni: Istaganingizni qo’lga kiritish uchun ega bo’lganlaringizdan voz kechishga tayyor turing.
3. Tasavvur qonuni: Tasavvuringizni yorqinlashtiring. O’zingiz ideal deb bilgan kunni tasavvur qilib yozing va uni o’zingiz ishongan odamdan tashqari hech kimga ko’rsatmang. Bu yozganingizni o’zingizga yaqin joyda saqlang. Bo’sh vaqtingizda uni qayta qayta o’qib turing.
4. Ijod qonuni:
Inson xayoloti katta energiyaga ega bo’lib, ulkan yutuqlarga erisha oladi. Fikrlar moddiylashadi.
5. Olish va berish qonuni:
Agar yahshilikka ega bo’lsangiz uni albatta odamlar bilan bo’lishing. Hudo bergan ne’matlardan foydalaning va boshqalarga ham ulashing. Agar ulardan unumli foydalanmasangiz siz ularni uvol qilgan bo’lasiz.
6. Kechirish qonuni:
Agar odamlarni kechira olmasangiz, barakani qabul qila olmaysiz. Agar qalbingizni hasad egallagan bo’lsa u yerda muhabbatga joy qolmaydi. Kalbingizni kemirayotgan salbiy his tuyg’ulardan, kechirib ozod bo’ling.
Manba: @Tafakkur3