Bitkoinning narxi birinchi marta 20 ming dollardan oshdi

16 dekabr kuni bitkoinning narxi birinchi marta 20 ming dollardan oshdi. Bu ushbu kriptovalyuta muomalaga kirganidan beri unga berilgan eng yuqori narx hisoblanadi.

Chorshanba kuni bitkoinning narxi 4, 5 foizga qimmatlab, 20 440 dollarni tashkil qildi. Bitkoin shu yilning o’zida 170 foizga qimmatladi. Bunga katta investorlarning bitkoinga ko’proq umid bog’layotgani sabab bo’lgan. Chunki, bitkoinni tezkorlik bilan olish mumkin, u inflatsiyaga qarshi yaxshi qarshilik qila oladi va bitkoin kelajakda asosiy to’lov uslubi bo’lishi kutilmoqda.

Avvallari yirik sarmoyadorlar kriptovalyuta bozori shaffof bo’lmaganligi uchun undan foydalanishdan chekinishayotgandi. Ammo, Amerika kripto sanoati ustidan nazoratning kuchaytirilishi ushbu xavotirlarning kamayishiga yordam berdi.