Xorijda yashash uchun eng qimmat shaharlar ma'lum qilindi

Gonkongdan tashqari dastlabkli beshlikdan Tokio (Yaponiya), Nyu-York (AQSh), Jeneva (Shveysariya) va Syurix (Shveysariya) o’rin olgan. Yetakchilardan keyingi o’rinlarni London (Buyuk Britaniya), Tel-Aviv (Isroil), Seul (Janubiy Koreya), San-Fransisko (AQSh) va Yokogama (Yaponiya) egallagan.

Shuningdek, reytingdan birdaniga Xitoyning uchta shahri o’rin olgan — Shanxay (11-o’rin), Gunchjou (15-o’rin) va Pekin (18-o’rin). Skandinaviya mamlakatlari orasida dastlabki 20 ta shahar qatoriga Kopengagen (Daniya) 12-o’rin bilan kirgan. Boshqa Yevropa mamlakatlari shaharlaridan Parij (Fransiya) 29-o’rinni, Xelsinki (Finlyandiya) 44-o’rinni va Myunxen (Germaniya) 48-o’tinni band qilgan.

Ekspertlarning bildirishicha, shaharning reytingdagi o’rni bir necha ko’rsatkichga bog’liq bo’lgan, jumladan, mamlakat valyutasining barqarorligiga. Tahlilchilar fikricha, «kuchli» yevro va funt-sterling sababli ko’plab chet elliklar xorijda yashash qiymatining oshishini his qilgan, shunga mos ravishda Yevropa davlatlari dastlabki 40 ta shahar qatoridan o’rin olgan.