Maktab yoki oliygohdagi daftarlarning hoshiyasi (yoni va tepasidagi bo’sh joy)ni eslaysizmi? Ular qanday ishlatilganligi tushunarli: eslatmalar va qo’shimchalar, har xil yozuvlar uchun va uyga topshiriqlarga o’qituvchilarning qo’yadigan baholari uchun qoldirilgan bo’sh joy.Lekin nega hoshiyalar kitoblarda ham paydo bo’lgan? Qaydlar uchunmi? Ammo qadimda kitoblar juda qimmat edi va ularga yozuv qoldirish odobdan emasdi.Hatto, eng qadimiy qo’lyozma va kitoblarda ham matn atrofida bo’sh joylar mavjud. Pergamentning yuqori narxini hisobga olgan holda, jiddiy sababsiz sahifada juda ko’p foydalanilmaydigan bo’sh joy qoldirish qiyin masala. Buni matnning birinchi sahifalari ketma-ket bir-biriga bog’langanligi va shu sababli bo’g’in uchun joy qoldirish kerakligi bilan bog’lasak bo’ladi. Ammo, hoshiyalar nafaqat yon tomonlarda, balki yuqorida va pastda ham mavjud. Buni aniqlash uchun qadimgi davrlarda ishlatilgan siyoh va bo’yoqlar haqida eslashimiz kerak. Ular ancha sifatsiz edi. Barmoqlar bilan kitob varaqlanganda bo’yoq ya’ni matnning bir qismi tezda o’chib ketardi. Ma’lum bo’ladiki, o’sha davrlardagi siyohlarning beqarorligi kitob hoshiyalarning paydo bo’lishiga asosiy sabab bo’lgan ekan.