«Barselona» himoyachisi Dani Alves jamoaning sobiq hujumchisi, hozirda «PSJ»da o’ynayotgan Lionel Messi haqida gapirdi.
«Messi «PSJ»ga o’tganidan afsuslanadimi? Agar 1-2 soat vaqt bersangiz, borib uni topaman.
Men uchun Leo – ko’rganlarim ichida eng zo’r futbolchi. Buyuk futbolchilar doim yetishmaydi. «Barsa»ga qaytib, uni bu yerda ko’rish aql bovar qilmaydigan holat bo’lardi. Afsuski, buning iloji bo’lmadi.
Leo va uning oilasini juda yaxshi ko’raman, lekin endi «Barsa»da yangi davr. Iloji bo’lsa, hammani jamoaga qaytishga undagan bo’lardim. Chunki bu – eng yaxshi joy. Ammo endi yangi tarix boshlandi va biz bu haqda o’ylashimiz kerak», – deya Alvesning so’zlarini keltiradi AS.
Izohlarni ko`rish