image0

O‘zgidromet ertaga, 6 may kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi. 

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-20 daraja, kunduzi 34-36 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 33-38 daraja bo‘ladi. 

Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 35-40 daraja bo‘ladi. 

ToshkentSirdaryoJizzax va Samarqand viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 33-38 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 35-40 daraja bo‘ladi.

AndijonNamangan va Farg‘ona viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.