BI-IR KULIShMAYMIZMI?..

 

 

* * *

 

Ayol dugonalariga bolalikdagi suratini ko’rsatyapti. Suratda jajji qizaloq keksa kampirning tizzasida kulimsiragancha o’tirardi. Ayol:

— Xo’sh, sizlarga suratim yoqdimi?

— Juda yoqdi… Aytgancha, bu jajji qizaloq kim edi?

 

* * *

 

Haydovchi hamkasbiga dedi:

— Men yangi «antiradar» sotib oldim.

— Nima karomat ko’rsatarkan?

— Yo’l patrul xizmati xodimlari turgan yerga 300 metr qolganda «Pulni tayyorla! Pulni tayyorla!» deb baqiradi.

 

* * *

 

Bir yigitning o’ziga turmush o’rtog’i qidirayotgani haqidagi e’lonini o’qigan qiz shunday javob xati yozdi:

«Men bajonidil siz bilan uchrashaman. Sizni tanib olishim uchun qo’lingizda qirq oltinchi razmerli ayollar norkali paltosini ushlab turishingizni so’rayman»

 

* * *

 

Jinnixonada bir jinni mixning o’tmas tomonini devorga tirab, o’tkir tomoniga bolg’a bilan ura boshlagandi, sherigi dedi:

— Seni jinnixonaga qamab to’g’ri qilishibdi. Axir, bu mix boshqa devorniki!

 

* * *

 

— Og’ayni, o’lsam, ta’ziyamga kelasanmi?

— Taklif qilsang, albatta kelaman.

 

* * *

 

— Men xuddi odamga o’xshab ketadigan kompyuter yaratdim.

— Xo’sh, nimasi odamga o’xsharkan?

— Agar o’zi xato qilib qo’ysa, boshqa kompyuterga to’nkab turaveradi.

 

* * *

 

To’rt yoshga kirib ham tili chiqmagan bolakay bir kuni ovqat mahali gapirib yubordi:

— Bu ovqat eskirib qolibdi.

Hayratdan qotib qolgan ota-onasi undan so’rashdi:

— Voy, shu paytgacha nega gapirmaganding?

— Chunki shu paytgacha eskirgan ovqat yemagandim.

 

* * *

 

Xotin eriga dedi:

— Ilgari yonimda bir daqiqagina o’tirsangiz ham sizdan baxtli odam bo’lmasdi!

— Hozir ham shunday!

loading…