BILASIZMI?..

 

 

ShAOLIN MONASTIRINING «AJAL» YO’LAGI

 

Xitoyning Xenan viloyatida joylashgan Shaolin butparastlar monastiri ko’plab sir-asrorlari bilan dunyo ahlini hanuz hayratga soladi. Ayniqsa, monastir ichkarisidagi «ajal» yo’lagi deb nomlangan borliq odamni seskantirmay qo’ymaydi. Aytishlaricha, agar monax monastirdan ketishni, odamlar orasidagi hayotga qaytishni istasa, o’sha ajal yo’lagidan o’tishi talab etilgan. Bu yo’lakdan o’tishning o’zi bo’lmagan. Aslida monastirga kirishning o’zi og’ir bo’lgan. Uning ichkarisidan chiqib olish esa yuqorida ta’kidlanganidek, ajal yo’lagidan o’tishni talab qilgan. Oddiy hayotga qaytishni istagan monax yo’lak bo’ylab keta boshlagan. Dastlab unga yaqin joyda alohida uskuna turgan. Uskuna yuqorida bo’lib, monax eshikni katta kuch va tezlikda ochishi lozim edi. Keyin esa qo’lini keskin orqaga qarab cho’zishi kerak bo’lgan. Agar kechiksa, o’tkir tig’li uskuna katta tezlikda pastga tushib uning qo’lini cho’rt uzib ketadi. Agar shu yerdan o’tib olsa, oldinda qorong’i yo’lak tayyor turgan. Monax yana katta tezlikda oldinga yura olsa yurdi, bo’lmasa, tepadan qop to’la qum yoki avtomat tarzda o’q otiladigan narsa tushib, uni halok etgan. Bundan tashqari, qorong’i yo’lakning ikki chetida qilich bilan qurollangan manekenlar turgan. Tashqariga chiqishga ulgursa ulgurdi, yo’qsa, ichkaridagi monaxlar sobiq monaxning murdasinigina tashqariga olib chiqishgan.

Keyinchalik manekenlar o’rniga haqiqiy Shaolin jangchilari qo’yilgan. Ular jami 18 kishi bo’lib, barchalarini yengishning o’zi qiyin edi. Masalan, Fuyuy ismli monax oddiy hayotga qaytishni ma’qul ko’rgan va ajal yo’lagidan o’tishga rozilik bildirgan. Jangchilarni yengib o’tgan ham. Ammo chiqish eshigi olovda qizdirilgan, cho’g’ga aylangan ulkan tosh bilan yopib qo’yilgandi. Bu monax uchun so’nggi imtihon hisoblangan. Monax yelkasi yordamida toshni nari surib ana undan keyin tashqariga chiqishi zarur edi. Fuyuy ayni shu imtihondan o’ta olmagan. Cho’g’ga aylangan tosh uning tanasini kuydirib kul qilgan. Kutilganidek, monaxning murdasini keyinchalik sobiq hamkasblari tashqariga olib chiqib tashlashgan.

Olimjon HAYIT tayyorladi

BILASIZMI?..BILASIZMI?..BILASIZMI?..