ChUMOLI HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR
1. Chumolilar ariga o’xshash jonzotdan tarqagan. Ular 110-130 million yil oldin dinozavrlar bilan yonma-yon yashagan. Dinozavrlar qirilib ketgan, ammo chumolilar tirik qolgan.
2. Chumolilar to’dasi 10 dan 1 milliontagacha a’zoni o’z ichiga oladi.
3. Yer yuzida hozir chumolilarning 12 000 tadan ziyod turi mavjud. Eng mayda chumolilarning uzunligi 0, 07 santimetr, eng yiriklarining uzunligi 5 santimetrgachani tashkil etadi.
4. Ko’pchilik termitlarni ham chumolilar oilasiga qo’shadi. Ammo bu noto’g’ri. Termitlar chumolilarga umuman yot jonivor. Hatto, qarindoshchilik yeri ham yo’q.
5. Olimlarning hisob-kitoblariga ko’ra, hozir yer yuzida 10 kvadrilliontaga yaqin chumoli yashaydi.
6. Ishchi chumolilar atigi 3 yil umr ko’radi. Chumolilar malikasi esa 30 yilgacha umr ko’radi.
7. Chumoli o’z vaznidan 5000 karra og’irroq yukni ham ko’tarib yura oladi.
8. Chumoli soniyasiga 7, 62 santimetr tezlikda harakatlanadi.
9. Chumolilar qumursqalar orasida eng aqllilari hisoblanadi. O’zi kichkina bo’lsa-da, chumolining miyasi 250 mingta to’qimadan tashkil topgan.
10. Chumoli tovushni tizzalari yordamida eshitadi.
11. Barsuklar chumolining asosiy kushandasidir.
12. Har bir chumoli to’dasining shaxsiy hidi mavjud.
13. Chumolilar malikasi faqat tuxum qo’yish bilan shug’ullanadi. Uni parvarishlash, qornini to’ydirish, umuman, xizmat ko’rsatish ishchi chumolilar zimmasiga yuklangan.
14. Ba’zi chumoli turlari in qurmaydi. Ko’chmanchi hayot tarzini kechiradi.
15. «Buldog-chumoli» deb nomlangan turi odamni chaqsa o’ldiradi.
16. Chumolilar boshqa to’dalar xatosidan to’g’ri xulosa chiqargan holda yangi bilimlarga ega bo’lish xususiyatiga ega.
17. Meksikaliklar o’zlarining mashhur «Eskamoles» deb nomlangan taomiga bir necha turga mansub chumoli tuxumlarini qo’shadi.
18. Chumolining «Listorez» degan turi 1 kilogramm yukni ko’targan holda bemalol harakatlana biladi.
19. Afrikaliklar daydi chumolilardan qo’rqishadi. Daydi chumolilar milliardlabni tashkil etgan holda yo’lida uchragan ekin-tikinni yeb bitira boradi.
20. Bu qumursqaning «o’q-chumoli» degan turi ham inson hayoti uchun juda xavfli sanaladi. Agar o’q chumoli odamning 30 yerini chaqsa, u odam til tortmay o’ladi. O’q chumolining har bir chaqishi arinikidan ham og’riqliroq kechadi.
Olimjon HAYIT tayyorladi