Amerikaning Oregon shtatidagi Leyk-Osvego shahrida asrab olingan mushuk oilani gaz portlashidan qutqarib qoldi. Bu haqda «KGW News» xabar bermoqda.
Egasining aytishicha, Lili ismli mushuk gaz plitasi atrofida aylana boshlagan. Keyin ayol ham gaz yoniga yaqinlashib, undan chiqayotgan hidni sezgan.
«Hid o’zimga unchalik bilinmagani uchun turmush o’rtog’imdan ham gazni hidlashini so’radim va u shubhamni tasdiqladi», deydi ayol.
Gaz xizmati xodimlari barcha jihozlarni o’chirishni va xonani shamollatishni tavsiya qilishgan va uyga yetib kelganlarida xavfli gaz sizib chiqqanligini tasdiqlashib, gaz quvurini yopishgan.
Izohlarni ko`rish