Tailandning Chonburi provinsiyasida istiqomat qiluvchi Montian Jansuk ismli yuk mashina haydovchisi tushlik qilib o’tirgan vaqtida noyob marvarid topib oldi, deb xabar beradi«Korrespondent.net».
40 yoshli erkak va uning rafiqasi dengiz mahsulotlari bozoridan noodatiy chig’anoq sotib olgan. Tushlik vaqtida chig’anoq ichidan kattaligi tangadek keladigan to’q sariq rangli marvarid topilgan. Uning og’irligi — yetti gramm.
Montian Jansuk o’ziga melo chig’anog’i — turli rangdagi marvaridlarni ishlab chiqaruvchi qorinoyoqli molyuska tushib qolganini gumon qilgan. Meloning yirik marvaridlari juda qimmat turadi.
Erkak o’z topilmasini mutaxassisga olib borib, taxminini tasdiqlatib olishni, so’ng esa marvaridni sotishni rejalashtirmoqda.
Izohlarni ko`rish