Tadqiqot shuni ko’rsatdiki, aqlli va muvaffaqiyatli bolalarni o’stirish uchun qandaydir bir maxsus omil yo’q. Ammo ko’plab omillar orasida eng muhimlarini aniqlab berishdi.
Ota-onalar sevgisi. Ularning dalda va yordami bola uchun eng kerakli narsadir. Aynan shu narsa bolaning miyasi rivojlanishini tezlashtiradi.
Majmuaviy vazifalar. Vaqti-vaqti bilan ularning qiyinlik darajasini ko’tarish kerak. Shunday o’rgatish usuli fikr yuritishga va egiluvchan bo’lishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Oddiy jumboqlar va video o’yinlar. Ikkalasi ham bilim funksiyalarining o’zgarishiga olib keladi. Masalan, fikrlash, xotira, diqqat va rejalashtirish.
Musiqa asboblarida o’ynash. Bu narsa nafaqat bolalarni intellektual rivojlantiradi, balki kattalarga ham katta foyda beradi.
Kitoblar o’qish. Bu bolalarga o’rgatish kerak bo’lgan muhim odatlardan biri va uni butun hayot mobaynida unutmaslikni maslahat beramiz.
Hamma ota-onalar o’z bolasinining ulg’ayganda muvaffaqiyatga erishganini ko’rishni istaydi. Shuning uchun Sulaymon shoh shunday gap aytgan va u hozirgi vaqtgacha ham yaxshi ta’sirga ega: «Bolani to’g’ri yo’lga solib tarbiyala, shunda qariganda ham yo’lidan adashmaydi».
7 Mo»jiza gazetasidan olindi