Antaliya sayohatinizda bajarishingiz kerak bo'lgan faoliyatlar

Antaliyani to’liq o’rganish uchun tuzadigan ro’yxatimizda 10 dan ortiq takliflar bo’lishi mumkin. Ulardan biri Patara qadimiy shahri bo’lib, u yerga tashrif buyurganingizdan so’ng tengsiz Patara sohilida quyosh va dengizdan rohatlanishingiz mumkin.

Kaleichini eng kichik tafsilotlarigacha o’rganing. Hadrian darvozasi orqali Kaleichiga kiring, Usmonli me’morchiligi izlari bo’lgan asarlar bilan tanishing, butik restoranlarda ovqatlaning, Karaaliog’lu parkida dam oling va Marinadagi qoyalar bo’ylab qayiqda sayohat qiling!

Har kuni turli xil sohillarga boring. Antaliyada moviy dengiz bilan tutashgan mayin qumli noyob sohillar ko’plab topiladi. Ushbu shaharda bo’lgan vaqtingizda har kuni farqli sohilda dengiz hamda uning sof va nafis qumlaridan bahramand bo’lishingiz mumkin. G’arbdan sharqqa tomon taxminan shunday ro’yxat tuzishingiz mumkin: Patara, Kaputash, Adrasan, Chirali, Konyaaltı, Lara, Injekum, Kleopatra.

Antaliyaning issiq yozlarida sharsharalarning muzdek suvlari bilan salqinlaning. Antaliya topografik tuzilishi tufayli ko’plab sharsharalarga mezbonlik qiladi. Yuqori Duden, Quyi Duden, Kurshunlu, Manavgat va Uchansu sharsharalari Antaliyaning eng mashhur sharsharalaridir!

Dam olish maskanlarida hashamat va ulug’vorlikdan rohatlaning. Belek, Lara, Kemer va uning Beldibi, Go’ynuk va Kirish kabi shaharlari markazida joylashgan hashamatli kurort mehmonxonalarida qoling. Sizning qulayligingizni ta’minlash uchun cheksiz imkoniyatlarga ega ushbu mehmonxonalarda dam olishingiz mumkin bo’lmagan kunlar uchun ham kuch va energiya to’plang!

Dunyoga mashhur marshrutlarda trekking ya’ni tog’ yonbag’rida piyoda yurish va tog’ga tirmashib chiqish bilan shug’ullaning. Antaliya: Likiya yo’li, St. Paul yo’li va Pisidiya Miras yo’li kabi dunyoga mashhur trekking yo’nalishlariga mezbonlik qiladi. Shuningdek, Geyikbayiridagi Olimpos antik shahri, Chitdibi, Akyarlar va Karatashlarda tog’ga tirmashishni ham sinab ko’rishingiz mumkin!

Arxeologik ekspeditsiyaga boring. Antaliya o’zining mukammal tabiatidan tashqari, noyob tarixiy boyliklariga ega. Butun shaharda qadimiy shahar yoki qadimiy sivilizatsiyalarga oid xarobalarni va tarix izlarini ko’rish mumkin. Perge, Olimpos, Patara, Aspendos; bu qadimiy shaharlardan faqat bir nechtasi!

G’orlarning shifobaxsh havosidan chuqur nafas oling. Ma’lumki, Damlatosh, Dim, Karain, Beldibi, Altinbeshik-Dudensuyu g’orlaridagi shifobaxsh havo ko’plab nafas yo’llari kasalliklari uchun foydalidir. Ba’zi astma bemorlari shifokorlari bilan birgalikda bu g’orlarda davolanadilar!

 

Ko’prulu Kanyon milliy bog’ida rafting zavqini tuying. Ko’prulu kanyon milliy bog’i chegaralarida joylashgan Ko’pruchay, Turkiyadagi eng mashhur rafting markazlaridan biridir. Daryo bo’ylab siz raftingni tashkil etadigan ko’plab professional va tajribali rafting kompaniyalarini ko’rasiz. Ulardan birini tanlang va adrenaliningizni eng yuqori darajaga ko’taring!