Eronning chekka qishlog’idagi maktab o’qituvchisi Ali Mohammadian, ba’zi o’quvchilari kasallik sababli sochlari to’kilgan sinfdoshini masxara qilganini ko’ribdi. O’qituvchi kulgan bolalarga tanbeh berib, jazolash o’rniga o’z sochlarini oldirib, kasal o’quvchisini qo’llashga qaror qilibdi.
U «O’quvchim Mahan sochlaridan ayrilgach, do’stlaridan uzoqlashdi va doim xomush yuradigan bo’lib qoldi. Darslarga ham qiziqishi kamaydi. Birgina istagim, unga yaqin bo’lib, darslarga e’tiborini qaytarish edi» – deydi.
Bundan ta’sirlanib sinifidagi 23ta o’quvchi ham, qish bo’lishiga qaramay xuddi ustozi kabi sochlarini oldiribdi…
Izohlarni ko`rish