Bugun hal qiluvchi jang

Serbiyada o’tayotgan boks bo’yicha jahon chempionatida bugun yarim final bellashuvlari o’tkaziladi. Ushbu bosqichga terma jamoamizning ikki nafar vakili yetib kelgan.

 

Dastlab Toshkent vaqti bilan 18:00 da 60 kg vazn toifasidagi yosh vakilimiz Abdumalik Xalakov eronlik Doniyol Shohbaxshga qarshi ringga ko’tarilsa, 5 noyabrga o’tar kechasi 00:30 da Madiyar Saidrahimov amaldagi Olimpiada chempioni kubalik Xulio La Kruz bilan final yo’llanmasi masalasini hal qiladi.

 

60 kg: Abdumalik Xalakov – Doniyol Shohbaxsh (Eron) (18:00 dan so’ng)

92 kg: Madiyar Saidrahimov – Xulio La Kruz (Kuba) (00:30 dan so’ng)