Qadimgi yunon va rim manbalarida bir paytlar shimolda Arktika atroflarida bo’lgan afsonaviy mamlakat Giperboreya haqida ma’lumotlar uchrab turardi. Bu fantastik mamlakat xaligacha dunyo tarixchilarining boshini berk ko’chaga olib kiradi. Qadim zamonlarda, ya’ni buyuk muzlash davridan oldin Arktikada ham subtropik iqlim mintaqasi bo’lgan va bu yerlarda katta ehtimol bilan qadimgi svilizatsiya bo’lgan. Platonning ma’lumotlariga ishoniladigan bo’lsak, Giperboreya nihoyatda kuchli taraqqiyotga ega bo’lgan, lekin yana bir afsonaviy mamlakat Atlantida bilan bulgan urushda halok bo’lgan ekan.
Yanar bir ma’lumot, Giperboreyada mutlaq demokratik jamiyat hukm surgan ekan. Balki shunga shimoliy xalqlar bo’lmish Norvegiya, Shvetsiya, Daniya va Finlyandiyalar, o’zlarida deyarli ideal demokratik jamiyat qurishga muaffaq bo’lganlari bejizga emasdir?
Manba: @etnosuz