KUN KULGISI…

***

Ijtimoiy himoya tashkiloti xodimi yoshi ellikdan oshgan erkakning uyiga kelib dedi:

— Oka, Amerikada amakingiz bor ekan. U yaqinda olamdan o’tibdi. Sizga ikkita uch qavatli uy, o’n million dollar pul va bitta itni vasiyat qilib qoldiribdi.

Erkak bu gapdan so’ng bosh qashib turdi-da, dedi:

— Yaramas, xasis, olchoq! Harqalay it zotli bo’lsa kerak-a?

 

 

***

Ikki erkak tabiblar haqida suhbatlashyapti. Biri ikkinchisiga dedi:

— O’z ko’zim bilan televizorda ko’rganman. Kashpirovskiy bir bolakayga “Hassani tashla va yurib ket!”, degandi, bola hassani tashlagan-u, yurib ketgan.

— O’sha bola qanday kasallik bilan og’rigan ekan?

— Shamollagan ekan.

— Unda hassani nega ko’tarib yuribdi?

— Hassani qari buvisiga olib ketayotgan ekan.

 

 

***

Ko’p qavatli uy yonidagi o’rindiqda ikki nafar yoshi yetmishdan oshgan qariya o’tirardi. Qarshilaridan mini yubka kiygan qiz o’tib ketdi-yu, qariyalarning biri dedi:

— Eh, hozir 20 yoshli yigitga aylanib qolsaydim!!!

Ikkinchi qariya unga baqirib berdi:

— Jinnimisan? Qayoqdagi 5 daqiqalik baxtni deb yana 50 yil qora tera botib ishlaysanmi?

 

 

***

Olimlar yangi tadqiqot o’tkazishdi. Tadqiqot natijalariga ko’ra, endi odamlar 85 yoshga kirguncha ishga layoqatini yo’qotmas ekan. Tadqiqot homiyligini pensiya jamg’armasi o’z zimmasiga olibdi.

 

 

***

Juhud og’aynisiga dedi:

— Qo’lingga taqib olgan soating juda chiroyli ekan, Izya!

— Ha, bilaman. Bu soatni bobom rahmatli o’limidan oldin sotgandi.

 

 

***

Juhud radidokanalga qo’ng’iroq qilib boshlovchidan so’radi:

— Men yoshlar radiokanaliga tushdimmi?

— Xuddi shunday.

— Meni hozir hamma eshityaptimi?

— Hamma eshityapti. Siz jonli efirdasiz.

— Do’konlardayam, bozorlardayam eshitishyaptimi meni?

— Ha, sizni do’konlardayam, bozorlardayam eshitishyapti.

— Yaxshi… Monya, sut sotib olmas ekansan! Buvim qishloqdan yangi sog’ilgan sigir sutini olib kelibdi!

 

 

***

Besh yashar bolakay bobosidan so’radi:

— Bobo, buvim bilan qanday tanishgansiz?

— Buving bilan internetda tanishganman.

— Aldamang, u paytlarda internet bo’lmagan.

— To’xta, qaysi buvingni nazarda tutyapsan o’zi?

 

 

***

Erkak do’stidan so’radi:

— Qaynonang qaysi sohada ishlaydi?

— Tibbiyot sohasida.

— Terapevtmi? Yo ginekologmi?

— Unisiyammas, bunisiyammas. Qaynonam — zuluk.

 

 

***

— Vay, dugon, yana homiladormisan?

— H-ha, shunaqa desayam bo’ladi.

— Bu safar kimdan?

— Birinchi erimdan. Yaqinda u meni uch bola bilan tashlab ketgani uchun uzr so’ragani keluvdi.

 

 

***

Tergovchi guvohdan so’radi:

— Ko’chada qaynonangizni begona erkak do’pposlayotganini ko’ribsiz. Nega yordamga shoshilmadingiz?

— Yordamga? Esingiz joyidami? Qaysi ahmoq yetmish yoshli kampirni ikki kishilashib do’pposlaydi?..