1. Afrikani o’rganish uchun allaqachon «Afrikanistika» fani joriy etilgan.
2. Janubiy Afrika respublikasida qish juda sovuq keladi. Ammo hech qachon qor yog’maydi.
3. Ma’lumotlarga qaraganda, Pushkinning ajdodlari efiopiyalik bo’lgan ekan. Shuning uchunmi, efiopiyaliklar Pushkinni o’z shoiri sifatida qadrlaydi.
4. Afrikada hanuz qadimiy odat va an’analar bo’yicha yashovchi qabilalar mavjud.
5. Afrikaning to’rtdan uch qism aholisi savodsiz.
6. Eng pakana xalqlar bo’lmish pigmeylar Afrikada yashaydi. Ularning o’rtacha bo’yi 135 santimetrga teng.
7. Afrikaning Togo davlatida erkak kishi turmushga chiqmagan ayol yoki qizga xushomad qilsa, albatta o’shanga uylanishi shart.
8. Malyariya xastaligi bilan og’riganlarning o’ndan to’qqiz nafari afrikalikdir.
9. Yurak tranlsplantatsiyasi birinchi bo’lib Janubiy Afrika respublikasida amalga oshirilgan.
10. Afrika odamlar eng kam umr ko’radigan qit’a hisoblanadi. Bu yerda erkaklar o’rtacha 50, ayollar 48 yil umr ko’radi.
11. Jazoirda g’alati bir ko’l bor. Ko’lda suv o’rniga siyoh oqadi.
12. Marokashda echkilar daraxt ustiga chiqib, shoxdan-shoxga sakragan holda yaproqlar bilan tirikchilik qiladi.
13. Afrikada «yalang’och yerqazir» deb nomlangan kemiruvchi yashaydi. Uning to’qimalari hech qachon qarimaydi. Kemiruvchi o’rtacha 70 yil umr ko’radi. Tanasi hech qanaqangi og’riqni his qilmaydi.
14. Afrikadagi yovvoyi hayot tarzini kechiruvchi qabilalarning ayrimlari hanuz olov neligini bilmaydi.
15. G’arbiy Afrikadagi Matabi qabilasidagilar futbol o’ynashni jonidan yaxshi ko’radi. Lekin ular futbolni to’p emas, odam bosh chanog’i bilan o’ynashadi.
16. Ayrim Afrika qabilalarida matriarxat tuzumi saqlanib qolgan. Bu yerda ayollar erkaklardan iborat haram tashkil etishadi.
17. Afrikada non, sut, kolbasa, sovun va sham daraxtlari o’sadi.
18. Agar bizdan dunyoning qaysi mamlakatida elektr quvvati arzon deb so’rashsa, sira o’ylanmay, Janubiy Afrika deb javob qilgan bo’lardik. Bu davlat fuqarolari yillab elektr haqini to’lamagan taqdirda ham, qarzlari hisoblab chiqilsa, arzimagan pul bo’ladi.
Olimjon HAYIT tayyorladi