60 yil oldin o'qishni tashlab ketgan erkak universitetga 20 mln dollar xayriya qildi

Amerikada Kelvin Tayler ismli erkak 1963 yilda o’qish uchun puli yetmagani sabab universitetni tashlab ketishga majbur bo’lgan. Endilikda u boyib ketdi va oliy ta’lim muassasasiga 20 million dollar xayriya qildi, deb xabar beradi Esquire.

Tayler 1961 yilda Morgan nomidagi davlat kollejiga o’qishga kirib (1975 yilda u universitetga aylangan edi), biznes-administratorlik yo’nalishida ta’lim olgan. Kelvin oliy ma’lumot olish istagini bildirgan oilasidagi birinchi a’zo bo’lgan, biroq ikki yildan so’ng u moliyaviy qiyinchiliklar sabab o’qishni tashlashga majbur bo’lgan.

Shunga qaramay, Taylerning to’lanmagan hisoblari qolib ketgani sabab u UPS ekspress yetkazib berish kompaniyasiga haydovchi bo’lib ishga kirgan. U xizmati davomida muvaffaqiyatga erishib, kompaniya bo’limlaridan birining direktoriga aylangan.

 

Tayler qachonlardir o’zi duch kelgan, hozirda ham ayrim talabalar boshidan o’tkazayotgan muammoni unutmagan. Kelvin hamda uning turmush o’rtog’i OTMni yakunlashga imkoni bo’lmagan insonlarga yordam berishga qaror qilib, Morgan davlat kollejiga 20 million dollar xayriya qilgan. Ushbu moliyaviy yordamdan hozirda 222 nafar talaba foydalanishga ulgurgan.

Manba: Aniq.uz

«Hordiq plyus» gazetasi endi telefoningizda! Marhamat, ochib o’qing!